• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Xalqaro tajriba: shifokorning xatosi va tibbiy beparvolikni sug‘urtalash
Jamiyat
Jahon

Xalqaro tajriba: shifokorning xatosi va tibbiy beparvolikni sug‘urtalash

  • 17.10.2023 / 18:10
  • 735
  • 0
111

Shifokor o‘z kasbiy majburiyatini amalga oshirayotganda yo‘l qo‘yishi ehtimoli bo‘lgan xatolik doim diqqat e’tiborda bo‘lgan.

G‘arb davlatlarida 1960-yillardan boshlab bemorlarga yetkazilgan zararni qoplash masalasiga jiddiy e’tibor berila boshlangan. Aynan shu davrda bemorlar tomonidan shifokorlar va tibbiyot tashkilotlariga qilingan da’volar soni va hajmining o‘sish tendensiyasi kuzatilgan. Bunga hodisalar kelib chiqishining sabablariga ko‘ra aholi talablarining oshishi, ularning huquqiy ongining o‘sishi, yuridik xizmatlar bozorining rivojlanishi sabab bo‘lgan.

Rivojlangan davlatlardan 40 ga yaqinida umumiy majburiy tibbiy sug‘urta tizimi joriy qilingan. Jumladan, Germaniyada majburiy sug‘urta polisi sotib olinadi. Mazkur tizim barcha fuqarolardan ish beruvchi orqali yoki davlatdan majburiy tibbiy sug‘urta sotib olishni nazarda tutadi. Fransiyada esa ikki pog‘onali tizim (davlat budjeti va xususiy sug‘urta kompaniyalari) qo‘llaniladi. Bu tizimda davlat eng asosiysi tibbiy xizmatlar uchun fuqarolardan soliq undiradi va xizmatlarni bepul ta’minlaydi. Fuqarolar qo‘shimcha tibbiy xizmatlar uchun o‘z hisobidan mustaqil to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida shifokor xatosi va tibbiy beparvolikni sug‘urtalash keng qo‘llaniladi. AQSHda shifokor kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun o‘z javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma tuzishi kerak. Amerikalik shifokor yillik daromadining tahminan 7-10 foizini sug‘urta uchun sarflaydi.

Sug‘urta sog‘liqni saqlash sohasida kasbiy javobgarlik xavflaridan himoya qilishning eng maqbul va samarali usuli ekanligi xalqaro tajribalarda o‘z isbotini topgan. Shunday ekan, har bir tibbiyot xodimi o‘z kasbiy javobgarligini sug‘urtalash orqali kelajakdagi kutilmagan xarajat va tashvishdan o‘zini himoyalaydi.

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi АJ 
Farg‘ona filiali Аxborot xizmati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar