• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Farg‘onada qariyb 600 nafar maktab kutubxonachilariga 500 mln.ga yaqin "chang puli" undirib berildi
Huquq

Farg‘onada qariyb 600 nafar maktab kutubxonachilariga 500 mln.ga yaqin "chang puli" undirib berildi

  • 31.01.2023 / 22:06
  • 1340
  • 0
111

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasida 2022-yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda OAV vakillari bilan birgalikda ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar ishtirok etdi. Anjuman avvalida ishtirokchilar viloyat boshqarmasida ish jarayonlari bilan tanishdi.

photo_2023-01-31_13-51-28

photo_2023-01-31_13-51-34

Adliya vazirligi tizimida qisqa vaqt mobaynida qonun ijodkorligi va aholi murojaatlari va shikoyatlari bilan ishlash borasida o‘ziga xos maktab yaratildi. Bu tajriba esa o‘z samarasini bermoqda. Aholidan kelayotgan murojaatlar tahlil va xulosa qilish imkonini bermoqda, - deydi viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Abdumannop Buriyev.

photo_2023-01-31_13-51-16

photo_2023-01-31_13-51-12

Birgina Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi va uning quyi tizimlariga o‘tgan 2022-yil davomida 12 ming 431 ta murojaatlar kelib tushdi. Eʼtiborli jihati shundaki, adliya organlari tomonidan ko‘rilgan huquqiy taʼsir choralar natijasida 61 mlrd. 988 mln. so‘m miqdordagi pul mablag‘lari o‘z egalariga qonuniy tartibda qaytarilgan.

photo_2023-01-31_13-51-21

photo_2023-01-31_13-51-22

Taʼkidlash lozimki, aksariyat murojaatlar mehnat qonunchiligi va ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarda aks etmoqda. Masalan, o‘tgan yilda kelib tushgan murojaatlarning 5 mingga yaqini mehnat munosabatlari va nizolariga oid. 4 mingdan oshig‘i esa kommunal, soliq, bank, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa sohalarga taalluqli.

photo_2023-01-31_13-51-18

photo_2023-01-31_13-51-08

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, inson huquqlarini himoya qilish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqa sohalarda jami 1 ming 817 marta nazorat tadbirlari o‘tkazildi va viloyatda 62 mingdan ortiq qonun buzilishi holatlari aniqlandi. 39 ming 57 ta hujjatlar ijrosi bekor qilindi. Mansabdor shaxslarining 2 ming 738 ta harakatlari to‘xtatildi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarni manfaatini ko‘zlab sudlarga 34 mlrd. 240 mln so‘mlik 2 ming 118 ta daʼvo arizalar kiritildi.

photo_2023-01-31_13-51-26

photo_2023-01-31_13-50-59

Ko‘rilgan choralar natijasida o‘tgan 2022 yilda viloyat Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan 600 nafarga maktab kutubxonachilariga 500 mln.ga yaqin "chang puli" undirib berilgan.

Anjuman davomida adliya vakillaridan jurnalistlar va blogerlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar